Fernandesh «Manchester Yunayted»dan nimalarni talab qilayotganini aytdi

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh klubdan nimalar kutayotgani haqida gapirib berdi. Portugaliyalik yarim himoyachi har doim «qizil iblislar»ga sodiqligini ta'kidlab keladi, shu bilan birga rahbariyatning ambitsiyalariga ishonch hosil qilish u uchun muhimligini yashirmaydi.
«Men har doim shunday deyman: «Siz menga Premer-ligada g'olib chiqishni kafolatlay olmaysiz — buning iloji yo'q. Lekin biz raqobatbardosh bo'lishimizga va oxirigacha kurashishimizga va'da bera olasiz». Men eshitishni istagan yagona narsa shu. Bunday holatda boshqalarga o'z imkoniyatlarini ochishda yordam berish va o'zimning eng yaxshi holatimda bo'lish mas'uliyati mening zimmamda bo'ladi», — deya jurnalist Jeyson Byort Fernandeshning so'zlarini keltirmoqda.
31 yoshli futbolchining «MYu» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.