"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandesh Ruben Amorim tizimidagi o'rnidan noroziligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

So'nggi paytlarda portugaliyalik yulduz odatdagidek hujumkor yarim himoyadan ko'ra tayanch rolida tez-tez o'ynamoqda.

Matbuotda futbolchining noroziligi haqidagi xabarlar paydo bo'ldi. "Men futbol o'ynashni yaxshi ko'raman va pozitsiya unchalik muhim emas.

Meni qanotga, hatto darvozaga ham qo'yish mumkin edi - men har doim borimni beraman. Har kimning o'z xohishi bor, lekin biz murabbiyning g'oyalariga moslashishimiz kerak", - dedi futbolchi.