"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLda "gol+pas" tizimi bo'yicha o'z hisobidagi ochkolarni 200 taga etkazib oldi.

Portugaliyalik futbolchi Angliya chempionatining 25-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi bahsning (2:0) 81-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Endilikda Brununing hisobida Premer-ligadagi 314 ta o'yinda 104 ta gol va 96 ta golli uzatma mavjud. "MYu" o'yinchilari orasida 200 ta samarali harakat ko'rsatkichiga faqat Ueyn Runi tezroq erishgan — buning uchun unga 295 ta o'yin kerak bo'lgan edi.