Fermin Lopesning "Barselona"dagi kelajagi aniq emas

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesning "ko'k-anorranglilar" safidagi kelajagi aniq emas.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 60 million evrodan ko'proq taklif olsa, uni ko'rib chiqishi mumkinligini rad etishmayapti.
Fermin Transfermarkt tomonidan 50 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.