Fermin Lopes maydonga qaytishga yaqin turibdi

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jarohatdan so'ng tiklanishning yakuniy bosqichiga qadam qo'ydi va maydonga qaytishga yaqinlashmoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum oxirida o'ng oyoq kaft suyagi singanidan so'ng muvaffaqiyatli tiklanmoqda va endi Xans-Diter Flik jamoasi bilan Angliyadagi mavsumoldi yig'iniga yo'l olishdan umidvor.
Jarohat sababli Ispaniya terma jamoasi a'zosi JCh-2026 ni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi.
Lopes 2023 yildan beri «Barselona»da o'ynab kelmoqda va u bilan amaldagi shartnoma 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 48 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar