Fermin Lopes «Barselona»ning Chempionlar ligasining bitta mavsumida «gol+pas» tizimida 10 ochko jamg'argan ilk ispaniyalik futbolchisiga aylandi.

22 yoshli yarim himoyachi «Nyukasl»ga qarshi kechgan 1/8 final javob uchrashuvida (7:2) bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy ChL mavsumida Fermin hisobida 6 ta gol va 4 ta assist mavjud. Shu tariqa, u turnirning bir mavsumida «gol+pas» ko'rsatkichi bo'yicha ikki xonali songa (10) erishgan «Barselona»ning birinchi ispaniyalik vakili bo'ldi. Avvalgi rekord Xaviga tegishli bo'lib, u 2008/09 yilgi mavsumda 9 ochko (2+7) jamg'argan edi.


Fermin Lopes va Xavining rekordlari solishtiruvi:

Futbolchi Mavsum Gol Pas Umumiy ochko
Fermin Lopes 2025/26 6 4 10
Xavi 2008/09 2 7