"Barselona" La Liga 29-turida "Rayo Valekano"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ikkinchi bo'lim davomida kataloniyaliklar yarim himoyachisi Fermin Lopes sonidagi muammolar sabab tibbiy yordam olishga majbur bo'ldi. Saldan so'ng u Dani Olmoga almashtirildi.

22 yoshli ispaniyalik xavbek jarohat olgan bo'lish ehtimoli bor. Yangiliklarni kuzatib boramiz.