Fermin "Barselona"ning 6:0 hisobidagi g'alabasidan keyin fikr bildirdi

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes La Liga 4-turi doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan yirik g'alabaga munosabat bildirdi. Kataloniyaliklar raqibini osonlik bilan taslim etdi - 6:0.
"O'yin starti oson kechmadi. Ammo yakuniy natija bizning bugungi darajamizni aks ettiradi. Jamoamiz to'g'ri yo'lda, biz shu ruhda davom etamiz," - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.