Fermin Lopes 2026 yilda har bir o'yinda kamida bitta golli uzatmani amalga oshirmoqda.

"Barselona" yarim himoyachisi Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi o'yinning 36-daqiqasida Rafinya Diasga assistentlik qildi.

7 yanvar kuni ispaniyalik futbolchi "Atletik", 3 yanvar kuni "Espanol" bilan o'yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgandi.