"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson "qizil iblislar"ning kelajakdagi sovrinlari haqida fikr bildirdi.

"Men u erda bo'lgan vaqtimni eslayman. "Liverpul" ajoyib klub edi, to'rt marta Evropa kubogini qo'lga kiritdilar, ammo keyin yana Premer-ligada g'alaba qozonish uchun ularga taxminan 30 yil kerak bo'ldi.

Hozir biz ham xuddi shunday vaziyatdamiz. Balki 10 yil, 11 yil kerak bo'lar. Biz bu haqda yaxshilab o'ylab ko'rishimiz kerak, o'yinchilarni tanlash avvalgidan yaxshiroq ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak", – dedi Fergyuson.