"Manchester Yunayted"ning mashhur sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Real" yulduzi Vinisius Juniorga murojaat qildi.

Braziliyalik murakkab davrni boshdan kechirmoqda: u ketma-ket 19 o'yindan beri gol ura olmayapti, muxlislar esa unga hushtakbozlik qilishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, hujumchi kelasi yozda "qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ham tinmayapti.

«Vini, do'stim. Shovqinni unut, birodar, sening mahorating oxir-oqibat barchasidan ustun keladi», - deya Ferdinandning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Vinisius Juniorning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" safida 26 ta o'yinda 5 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.