«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining afsonaviy himoyachisi Rio Ferdinand Maykl Kerrik Mankunian klubiga tayinlanganidan beri o'tgan vaqt oralig'i uchun Premer-liga jadvalini tuzib chiqdi.

«Xarizmatik Karra», — deb yozib qoldirgan sobiq futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi o'z sahifasida.

Agar faqat Kerrik davridagi natijalar hisobga olinsa, «qizil iblislar» Premer-ligada birinchi o'rinni egallab turgan bo'lardi. Uning qo'l ostida «Manchester Yunayted» to'qqizta uchrashuvda 22 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

So'nggi bahsda «qizil iblislar» Birmingemning «Aston Villa» jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Bugungi holatga ko'ra, mankunianliklar turnir jadvalida uchinchi pog'onani egallab turishibdi.