"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Joze Mourinoni Vinisius haqidagi gaplari uchun irqchi deb hisoblamaydi.

Benfika" bosh murabbiyi Mourino Vinisius haqida shunday degandi: "Bu erda nimadir noto'g'ri ketgan. U kelgan har bir stadionda doim bir narsa sodir bo'ladi".

"Menimcha, bir muncha vaqt o'tgach, Joze o'tirib, noto'g'ri ish qilganini tushunib etadi. Biroq uning Vini haqida aytgan gaplari irqchilikni targ'ib qilmaydi", dedi Ferdinand.