Ferdinand: Bu hujumchi "MYu"ni kuchaytirib yuboradi

"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Rio Ferdinand "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, nigeriyalik "MYu"ga o'tishga tayyor.
"Agar "Manchester Yunayted" Osimxenni sotib olishga urinib ko'rsa, u "MYu"ga yuz foiz o'tadi," - deya Ferdinandning so'zlarini keltiradi Mirror.
Viktor Osimxen 2024 yildan beri "Galatasaroy" sharafini himoya qilmoqda. Uning turk klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.