Ferdinand APL tarixidagi eng mukammal hujumchi kim ekanligini aytdi

Rio Ferdinand Ueyn Runini APL tarixidagi eng mukammal hujumchi deb atadi.
«Iltimos, bu yirtqichni Keyn, Shirer va boshqalar bilan solishtirmang. Premer-liga tarixidagi eng mukammal forvard», - deb yozdi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi va sardori.
Ferdinand "MYu"dagi sobiq sherigi bilan tushgan suratlarini sahifasiga joyladi va Runi bilan podkast epizodini e'lon qildi.