Yarim himoyachi Sebastyan Shimanski faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi.

"Renn" va "Fenerbaxche" 26 yoshli polshalik futbolchining transferi bo'yicha 10,5 million evrolik kelishuvga erishdi.

Sebastyan Liga 1 klubi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda Fabris Xokins.

Polsha terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum Turkiya chempionatida 14 ta o'yinda 1 ta gol urdi.