"Fenerbaxche" Evropa ligasining 4-tur uchrashuvida "Viktorii Plzen"ga qarshi o'yinda (0:0) penalti belgilamagan niderlandiyalik hakam Allard Lindxutning harakatlari yuzasidan UEFAga rasman shikoyat qildi.

"Klubimiz "Viktoriya Plzen"ga qarshi o'yindagi hakam Allard Lindxutning qarorlari yuzasidan UEFAga rasman murojaat qildi. Murojaatimizda UEFAdan hakamning butun o'yin davomidagi etakchilik uslubi va uning noto'g'ri qarorlarining bevosita ta'sirini hisobga olgan holda zarur jiddiylik va tezkorlik bilan o'rganib chiqishni so'raymiz. O'yin natijasi bo'yicha tergov jarayoni UEFA tomonidan jamoatchilikka rasmiylashtiriladi", - deyiladi klub rasmiy saytida.

Evropa ligasida to'rtta o'yindan so'ng "Fenerbaxche" 7 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.