"Fenerbaxche" Domeniko Tedeskoni iste'foga chiqarishi mumkin.

Germaniyalik mutaxassis sentyabr oyida Joze Mourinoning o'rniga jamoani qabul qilib oldi va to'rtta o'yinda atigi bir marta g'alaba qozondi.

Evropa Ligasida "Dinamo Zagreb"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:3) keyin "Fenerbaxche"ning yangi prezidenti Sadettin Saran boshchiligidagi rahbariyat direktorlar kengashi yig'ilishini o'tkazdi.

Klub murabbiyga vaziyatni o'nglash uchun uchta o'yin beradi.

Qayd etilishicha, agar Domeniko Tedesko uchala o'yinda ham g'alaba qozona olmasa, oktyabr oyidagi terma jamoalar o'rtasidagi tanaffusda jamoa bosh murabbiyligidan ketadi.