"Fenerbaxche" mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.

"Spartak" va Belgiya terma jamoasi sobiq ustozi Domeniko Tedesko jamoasi Evropa Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Brann"ni tor-mor etdi (4:0).

Shu tariqa, klubning mag'lubiyatsiz seriyasi 14 o'yinga etdi. Turklar 24 sentyabrdan beri yutqazmayapti - o'shanda Evropa Ligasida Zagrebning "Dinamo"siga yutqazgandi (1:3).

15 dekabr kuni Turkiya chempionatida uchinchi o'rinda borayotgan "Fenerbaxche" "Konyaspor"ni qabul qiladi.