"Fenerbaxche" prezidenti Sadettin Saran Joze Mourino qo'l ostida turk klubining ahvoli qanday bo'lgani haqida fikr bildirdi.

Prezident "Fenerbaxche"ning yozda o'tkazgan mavsumoldi yig'inidan juda norozi ekanligini aytdi. "Mourino davrida klubda umidsizlik hissi borligini aytgandim.

Men mashg'ulotlarga tashrif buyurganimda buni yaqqol ko'rdim", - deya rasmiyning so'zlarini keltiradi Turkiye Today.