"Fenerbaxche" klub EChL umumiy bosqichiga chiqa olmaganidan keyin Joze Mourinoni iste'foga chiqardi.

Portugaliyalik murabbiy qo'l ostidagi turk klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Benfika"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:0, 0:1).

"Biz unga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz," - deyiladi klub xabarida.

Mourino klubni 2024 yilning iyunidan buyon boshqarib kelayotgandi. Jamoa 2024/25 yilgi mavsumda Turkiya chempionatida 2-o'rinni egalladi.