«Fenerbaxche» hujumchi Meyson Grinvudning transferi borasida «Marsel» bilan kelishuvga erishdi. Kelishuv summasi 45 million evroni tashkil etadi, yana 5 million evro esa bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilgan, deya xabar bermoqda Fanatik.

Manbaning xabariga ko'ra, transfer qiymatining asosiy qismi Frantsiya klubiga bo'lib-bo'lib to'lanadi. 23 yoshli ingliz futbolchisi bilan yillik maoshi 11 million evro bo'lgan to'rt yillik shartnoma kelishib olingan. Futbolchi shartnoma imzolash uchun hafta oxirigacha Istanbulga etib kelishi, shundan so'ng darhol jamoaning Avstriyadagi yig'iniga yo'l olishi kutilmoqda.

Grinvud 2024 yilning yozida «Manchester Yunayted»dan «Marsel»ga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz