Aziz Yildirim «Fenerbaxche» prezidenti etib saylandi.

73 yoshli funktsioner navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 17 245 ta ovoz to'plab, g'alaba qozondi. Uning raqibi Xakan Safiga 9 927 ta ovoz berildi.

Eslatib o'tamiz, Yildirim 1998 yildan 2018 yilgacha «Fenerbaxche» klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.