"Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'golo Kante "Fenerbaxche"ga o'tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, klublar Kanteni "Al-Ittihod" klubni tark etmoqchi bo'lgan Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rayotgan hujumchi Yusuf En-Nesiriga almashtirish masalasini muhokama qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, muzokaralar yakuniy bosqichda.