«Fenerbaxche» «Aston Villa» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar beradi.

Hozircha klublar ehtimoliy transfer bo'yicha o'zaro aloqaga chiqishgani yo'q. Angliya Premer-ligasi jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

O'tgan klub mavsumidagi 55 ta o'yinda Olli Uotkins 21 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

Forvard «villaliklar» safida 2020 yildan beri o'ynab kelmoqda. Ushbu jamoa tarkibida u UEFA Evropa Ligasi g'olibiga aylandi. Angliya terma jamoasi bilan birgalikda esa 2026 yilgi Jahon chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz