Joao Feliks bu mavsumda ikkita o'yinda 4 ta gol urdi.

Portugaliya terma jamoasi vingeri JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Armaniston bilan o'yinning 10-daqiqasida (3:0, birinchi bo'lim) hisobni ochdi. Unga Joau Kanselu assistentlik qildi.

Avvalroq, Feliks Saudiya Arabistoni chempionatida "At-Taavun"ga qarshi o'yinda (5:0) "An-Nasr" safida xet-trik qayd etgandi.