Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jarohatdan qutilib qoldi.

Le Journal de Real xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchida bugungi tibbiy ko'rikdan so'ng jarohat aniqlanmagan. U dam olish kunlariga belgilangan "Rayo Valekano"ga qarshi safar o'yinida ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq, "qaymoqranglilar"ning boshqa bir yarim himoyachisi Orelen Tchuameni 3 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'lgan edi.