Federiko Valverdening 90+4-daqiqadagi goli Urugvayni Angliyaga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutqardi (videosharh)

Angliya va Urugvay terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. London shahridagi «Uembli» stadionida kechgan bahsni germaniyalik hakam Sven Yablonski boshqardi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
81-daqiqada Angliya himoyachisi Ben Uayt hisobni ochdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida, aniqrog'i 90+4-daqiqada Urugvay yarim himoyachisi Federiko Valverde javob golini kiritib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi.
Har ikki jamoa ham 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Angliya L guruhida Xorvatiya, Gana va Panamaga qarshi maydonga tushadi. Urugvay esa H guruhida Ispaniya, Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.
O'rtoqlik uchrashuvi
27 mart 2026 yil, juma.
Angliya — Urugvay - 1:1
Gollar: 1:0 — Uayt (81), 1:1 — Valverde (90+4)