2025 yil -75 kg vazn toifasida Jahon chempionligini qo'lga kiritgan yosh iste'dod egasi Fazliddin Erkinboev O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Fazliddin O'zbekiston chempionatida qatnashmagan bo'lsangiz ham kuzatganligingiz aniq?

- Albatta, har doimgidek juda qiziqarli janglar bo'ldi.

- Vazn toifangizdagi raqobat borasida nima deysiz?

- Jiddiy kechdi. Har biri chempion bo'lishga harakat qildi. Umuman ularning harakatlari yoqdi. Ayniqsa, chempion bo'lgan Javohir Abdurahimov yaxshi taassurot qoldirdi.

- Saidjamshid Jafarov kabi jiddiy raqibni ikki bor mag'lub etdingiz. Qaysi biri siz uchun qiyinroq kechdi?

- Saidjamshid aka juda tajribali, har ikkisi ham oson bo'lgani yo'q. Biroq baribir birinchi to'qnashuvimiz qiyin kechdi.

- Xalqaro musobaqalarda eng ko'p to'qnash keladigan va uni harakatlarini yod biladigan raqibingiz bor(mi)...?

- Ha, bor. turkiyalik Sultan Osmanli bilan turli yosh toifalarida duch kelganmiz. Liverpuldagi jahon chempionatida ham uni mag'lub etgandim.

- Kutilayotgan xalqaro musobaqalarda siz uchun asosiy raqib kim bo'lishi mumkin?

- Xalqaro musobaqalarda barcha raqiblar qiyin bo'ladi. Lekin alohida ta'kidlash kerak bo'lsa, qozog'istonlik Sabirjan Akkalikovni aytgan bo'lardim.

- Sizga faqat omad tilaymiz!

- Rahmat.

Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati