Fayzullaevning "Bashakshehir"ga moslashish jarayoni yakunlanganga o'xshaydi

O'tgan yozda TsSKAdan "Istanbul Bashakshehir" safiga ko'chib o'tgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev jamoasining asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib bormoqda.
22 yoshli futbolchimiz bugungi "Gaziantep"ga qarshi o'yinda 1 ta gol urdi. Shuningdek, uning uzatmasidan so'ng raqib futbolchisi o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi, ammo unga bu vaziyatda assist yozilmadi.
Fayzullaevning "Bashakshehir" safidagi gollari soni 2 taga etdi. U jami 9 ta o'yinda maydonga tushgan.