Fayzullaev va Shomurodov terma jamoa ixtiyoriga etib keldi

Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida harakat qilayotgan o'zbekistonlik ikki futbolchi Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov milliy jamoamiz ixtiyoriga etib keldi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkala futbolchimiz ham ertaga bo'lib o'tadigan Turkmanistonga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Abduqodir Husanov jarohati sabab terma jamoaga yordam berolmasligi ma'lum bo'lgandi.
Manba: www.stadion.uz.