O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi va Moskvaning TsSKA klubi sobiq futbolchisi Abbosbek Fayzullaev sobiq jamoadoshlaridan kelayotgan qo'llab-quvvatlashlar haqida gapirib o'tdi. Bu haqda Sports.kz «Championat.com»ga tayanib xabar beradi.

Yarim himoyachi Kolumbiyaga qarshi kechgan bahsda (1:3) o'z milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.

— TsSKAdagi yigitlar yozishdimi?
— Ha, ko'pchilik yozdi. Lukin, Kislyak, Glebov, Moyzes. Golim bilan tabriklashdi.

— TsSKAni sog'indingmi?
— Albatta, — dedi Fayzullaev.

Ma'lumot o'rnida. Hozirda Fayzullaev Turkiyaning «Bashakshehir» klubi sharafini himoya qiladi.

Manba: Stadion.uz