"Istanbul Bashakshehir" qishki tanaffusdan foydalangan holda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmoqda.

Jamoa bugun Xorvatiyaning "Osiek" klubiga qarshi o'yin o'tkazdi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Bahsda istanbulliklarning yagona goliga Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi.

O'yin yopiq tarzda o'tkazilgani sababli jamoalarning tarkiblari bo'yicha ma'lumot yo'q.