«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Robbi Fauler ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq «qizillar» safida to'p surgan hujumchi Muhammad Salohning o'rnini qaysi futbolchi egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Liverpul» kimni sotib olishi haqida ko'plab mish-mishlar yuribdi, ammo bularning orasida Pulishichning familiyasini ko'rmadim. Uning yoshi juda ajoyib, Premer-ligada o'ynab ulgurgan — ajoyib futbolchi. Men aynan Kristianni tarkibga qo'shib olgan bo'lardim — uning bosib o'tgan yo'li qaysidir ma'noda Salohning tarixiga o'xshab ketadi. Bunga nima deysiz?» — deyiladi Faulerning postida.

Yakunlangan klub mavsumida Pulishich «Milan» safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi. Eslatib o'tamiz, vinger bundan avval «Chelsi» va Dortmundning «Borussiya» klublarida ham to'p surgan.

Manba: Stadion.uz