Fati marrani baland oldi

Ansu Fati o'z karerasini chinakamiga jonlantirishga qaror qildi.
Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli Fati 2025/2026 yilgi mavsumda “Monako” safida 20 ta gol urishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Fati eng yuqori sport formasini tiklab, Ispaniya terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga etakchi sifatida boshlab bormoqchi.
Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi safida oxirgi marta deyarli ikki yil avval, 2023 yilning oktyabr oyida o'ynagan. Umuman olganda, Fati “qizil furiya” safida o'nta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.