Fati Liga 1ning eng yaxshi to'purariga aylanib oldi

"Monako" futbolchisi Ansu Fati Frantsiya Liga 1 to'purarlari ro'yxatini boshqarmoqda.
"Barselona"dan ijaraga olingan vinger yakshanba kuni "Nitstsa"ga qarshi o'yinda (2:2) dublga erishdi. Hozirda ispaniyalik futbolchi Frantsiya chempionati doirasida beshta gol urdi - u etti turdan so'ng "Strasburg" vakili Xoakin Panichelli bilan ligada eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi. Qayd etish kerakki, monegaskliklarning 22 yoshli futbolchisi bor yo'g'i uchta o'yinda maydonga tushdi. "Ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi o'rtacha har 32 daqiqada darvozani ishg'ol etmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Monako" Ansu Fatini "Barselona"dan mavsum oxirigacha sotib olish sharti bilan ijaraga olgan edi.