Farioli: "Mourino meni ilhomlantiradi"

Joze Mourino Portugaliya chempionatiga qaytdi, u "Benfika"ni qabul qilib oldi. Tabiiyki, portugaliyalik jurnalistlarni "Portu" ustozi Franchesko Farioli bu borada qanday fikrda ekani qiziqtiradi, zero "ajdarlar" "Benfika"ning ichki maydondagi asosiy raqibi hisoblanadi.
"U - afsona. Portugaliya va xalqaro futbolda. U hatto men uchun ham ilhom manbai. U "Portu" bilan ko'p narsaga erishdi," - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Mourino 21-asr boshida "Portu"ni boshqargan. 2003 yilda u klubni UEFA kubogida g'alaba qozonishga olib keldi va bir yildan so'ng Evropaning eng nufuzli klub turniri - Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyat qozondi.