Faqat Ronaldu EChLda "Atletiko" darvozasiga Salohdan ko'proq gol urgan

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasida Madridning "Atletiko" klubini yana bir bor ranjitdi.
"Qizillar"ning 33 yoshli etakchisi 4-daqiqada hisobni ochgan Endryu Robertsonga assistentlik qildi, oradan ikki daqiqa o'tib misrlik futbolchining o'zi gol urdi.
Salohning hisobida Chempionlar Ligasida 7 o'yinda "matraschilar" darvozasiga urilgan 3 ta gol bor - bu Krishtianu Ronaldudan keyingi ikkinchi ko'rsatkich bo'lib, u madridliklar bilan turnirdagi 12 uchrashuvda 7 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.