Faqat Frank, Konte va Mourino Gvardiolaning «Man Siti»sini APLda safarda ikki xil klub bilan mag'lub etgan

APLda faqat uch nafar murabbiy Pep Gvardiola boshqargan «Manchester Siti»ni mehmon sifatida ikki xil klub bilan mag'lub eta olgan.
Shanba kuni «Tottenhem» bosh murabbiyi Tomas Frank jamoasi bilan «Etixad»da «shaharliklar»ni 2:0 hisobida taslim etdi. Avvalroq u «Brentford» bilan ham Pep jamoasini safarda mag'lub etgan edi.
Bundan oldin bu ishga Antonio Konte («Tottenhem» va «Chelsi» bilan) hamda Joze Mourino («Tottenhem» va «Manchester Yunayted» bilan) muvaffaq bo'lgan edi.
Manba: sports.ru