Biroq uchrashuvga xavfsizlik xodimlari kelmagani sababli mezbonlarga texnik mag'lubiyat, mehmonlarga texnik g'alaba yozildi. Shu tariqa bekobodliklar Ilyos Qurbonov boshchiligida ketma-ket 7 ta o'yinda mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi. Mutaxassis “Metallurg”ni 14-turda “Yaypan” bilan durang (1:1) qayd etilgach qabul qilib olgan edi.

"Kattaqo'rg'on" - "Metallurg" 0:3

"Metallurg" - "Jayxun" 1:0

"Metallurg" - "Paxtakor-Farm" 1:0

"Olimpik-Mobiuz" - "Metallurg" 2:3

"BuxDU" - "Metallurg" 0:4

"TerDU" - "Metallurg" 0:3

"Respublika FA" - "Metallurg" 1:3

Bekobod klubi navbatdagi uchrashuvini 13 oktyabr kuni “Sho'rtan”ga qarshi o'tkazadi.