Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso ishdan bo'shatilish xavfi ostida.

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, La Liganing "Alaves"ga qarshi o'yinidagi muvaffaqiyatsizlik "qaymoqranglilar" rahbariyatini ispaniyalik mutaxassisni iste'foga chiqarishga majbur qiladi. Uning o'rniga asosiy nomzod sifatida 2021 yilda "Real"ni tark etganidan beri murabbiylik qilmayotgan Zinedin Zidan ko'rsatilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, ayni damda "qirollik klubi" frantsiyalik mutaxassisning qaytishi borasida hech qanday muzokara o'tkazmayapti.

Xabi Alonso iyun oyida madridliklar boshqaruviga kelgan, bungacha jamoani to'rt yil davomida Karlo Anchelotti boshqargan.