«Real»ning sobiq ustozi Xabi Alonso Londonning «Chelsi» klubi bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazdi. Bu haqdagi ma'lumotni nufuzli insayder Fabritsio Romano e'lon qildi.

Manbaning xabar berishicha, «ko'klar» rahbariyati yaqin orada uzil-kesil qarorga keladi. Klub Jahon chempionati startiga qadar yangi bosh murabbiyni tayinlashni rejalashtirmoqda, shu sababli muzokaralar tezlashtirilgan tartibda olib borilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, «Chelsi» Andoni Iraola, Oliver Glasner va Marku Silva bilan ham suhbatlashgan.

Angliya Premer-ligasining 36 turidan so'ng «Chelsi» 49 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.