Fabritsio Romano Tchuamenining «Manchester Yunayted»ga o'tish ehtimolini baholadi

Mashhur insayder Fabritsio Romano «Manchester Yunayted»ning Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga bo'lgan qiziqishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
Transfer bozori bo'yicha ekspert «qizil iblislar»ning frantsiyalik yulduzga qiziqishi borligini tasdiqladi, biroq bu kelishuvni amalga oshishi deyarli imkonsiz deb atadi.
"Manchester Yunayted"ga Tchuameni yoqadi, lekin u kimga ham yoqmasdi? Unga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda, ammo "Real" uni sotish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti va Orelenning o'zi ham Madridda baxtli", — deya Romanoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, «qaymoqranglilar»ning 26 yoshli futbolchisining bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.