Fabritsio Romano tasdiqladi: «Sevilya» murabbiyni iste'foga chiqarmoqda

Yaqin vaqt ichida «Sevilya» jamoa bosh murabbiyi Matias Almeydani iste'foga chiqaradi. Klub rahbariyatini jamoa qayd etayotgan natijalar qoniqtirmayapti.
29 turdan so'ng andalusiyaliklar 31 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, klub rahbarlari «Valensiya»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng mutaxassis bilan xayrlashish borasida yakuniy qarorga kelishgan.
Terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, «Sevilya» 5 aprel kuni safarda «Ovedo» bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Jamoaning barcha turnirlardagi g'alabasiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi — «Sevilya» ikki bor durang o'ynadi va ikki marta mag'lubiyatga uchradi.