Andrea Pirlo og'zaki taklifni qabul qildi va Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Avvalroq Pep Gvardiolaning terma jamoani boshqarishdan rad javobini berganidan so'ng, Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) rahbariyati e'tiborini Pirlo nomzodiga qaratgani ma'lum bo'lgan edi. U mavsumiga 1,5 million evrodan oshmaydigan maosh evaziga 2030 yilgi Jahon chempionatigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

Pirlo FIGC texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo tomonidan taqdim etilgan uzoq muddatli loyihaga rozilik berdi.

Italiyalik mutaxassis yaqin kunlarda shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Hozirda 47 yoshli murabbiy BAAning «Yunayted» klubini boshqarmoqda.

Manba: Stadion.uz