Meksikaning "Monterrey" klubi markaziy himoyachisi Serxio Ramos Evropaga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Xabaringiz bor, 39 yoshli futbolchi Evropaga qaytish uchun joriy klubi bilan yil oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ispaniyalik faxriy Italiyada kuchini sinab ko'rishga tayyor. Italiyaning bir qancha klublari, jumladan, "Yuventus" ham yaqin o'tmishda "Real"ning sobiq sardoriga murojaat qilgan.

Serxio Ramos Meksikaga ko'chib o'tgunga qadar "Sevilya", "PSJ" va yuqorida tilga olingan "Real" klublarida to'p tepgan. Ispaniyalik futbolchi "Monterrey" safida 30 ta bahsda 7 ta gol urgan.