Fabritsio Romano Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi

Muhammad Saloh "Liverpul"ning so'nggi uchta o'yinida asosiy tarkibdan o'rin olmaganidan so'ng katta bayonot bayonot berdi. Saloh vaziyatdan noroziligini bildirib, shu qishdayoq boshqa jamoaga ketishi mumkinligini ma'lum qildi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoga tayanib, Transfer News Live nashrining xabar berishicha, 33 yoshli Saloh hozircha Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralarga kirishmagan.
Shu bilan birga, avvalroq matbuotda Saudiya Arabistoni klublari 2026 yilda Muhammad Salohning transferini moliyalashtirishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgan edi.