Fabritsio Romano Saka va «Arsenal» o'rtasidagi muzokaralar haqida ma'lumot berdi

"Arsenal" va Bukayo Saka o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Barcha tomonlar hamkorlikni davom ettirishga tayyor, shuning uchun muzokaralar muvaffaqiyatiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, ayni damda "Arsenal" va Saka maosh tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
"Arsenal"ning asosiy jamoasi safida Bukayo Saka turli musobaqalarda 273 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 73 ta gol va 71 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
"Arsenal" hozirda Angliya Premer-ligasi peshqadami hisoblanadi. Jamoa 9 turda 22 ochko jamg'argan.