Fabritsio Romano «Real»ning Kalaforini «Arsenal»dan tortib olish imkoniyatlarini baholadi

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Rikardo Kalafori Madridning «Real» klubi transfer maqsadlari ro'yxatida qolmoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, «qaymoqranglilar» haqiqatan ham 24 yoshli italiyalik futbolchining vakillari bilan bog'lanishgan, biroq klublar o'rtasidagi rasmiy muzokaralardan hali ancha yiroq.
«Bir necha hafta avval «Real» vakillari Kalaforining atrofidagi insonlar bilan aloqaga chiqib, u haqida ma'lumot so'rashdi. Rikardo «Arsenal» uchun juda muhim figura hisoblanadi, shu sababli «Real» uchun ushbu kelishuvni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Biroq Madrid klubi aynan shunday toifadagi futbolchini qidirmoqda», — dedi Romano.
Kalaforining transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 55 million evroga baholanmoqda.