Madridning "Real" klubi markaziy yarim himoyachisi Dani Sebalos boshqa jamoaga o'tishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Avvalroq, o'sha manba xabar berganidek, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga Frantsiyaning "Marsel" klubi da'vogarlik qilmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, klublar transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ijara va keyinchalik kamida 15 million evroga sotib olish varianti bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, frantsuz klubi Sebalosni transferga qo'yilgan Rabo bilan bog'liq voqea nima bilan tugashidan qat'i nazar o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Sebalos bu mavsumda klub miqyosida 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 4 daqiqa harakat qildi.